Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda qor yog`adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3° sovuq-2° iliq, shimolda 4-9° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 0-2° sovuq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo`ladi.
08.12.2022 08:15
Bugun havo harorati -2 darajagacha tushishi kutilmoqda






