JCh-2018 turniriga Osiyo qit`asidan saralashning so`nnggi bosqichi ikkinchi turida O`zbekiston terma jamoasi safarda Qatar mehmoni bo`ldi.
Murosasiz va qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda terma jamoamiz Egor Krimes tomonidan 85 daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi. Futbolchilar ushbu yagona gol va g`alabani O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag`ishlashdi.
Mazkur g`alabadan so`ng ochkolar sonini 6 taga etkazib olgan O`zbekiston terma jamoasi "A" guruhida birinchi o`ringa chiqib oldi. Asosiy raqiblarimiz Eron va Janubiy Koreya 2-turda 1 ochko to`plab, mos ravishda 2-3 o`rinlarda joylashdi.
Quyida o`yindan olingan xavfli vaziyatlar va golning videosini ko`rishingiz mumkin.





