Suriyada dushanba kuni sodir bo`lgan beshta terakt oqibatida 21 kishi halok bo`ldi, 50 kishi yaralandi, deya xabar beradi mahalliy OAVlar.
SANA milliy agentligi ma`lumotlariga ko`ra, Xaseke shahri shimolida sodir bo`lgan beshinchi teraktning qurbonlari soni besh kishini tashkil qildi, ikki kishi yaralandi.
Qolgan to`rtta teraktda 16 kishi halok bo`lib, 40 dan ortiq odam yaralandi.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh bo`yniga olmadi. Suriyada "Islom davlati" va "Jabxat an-Nusra" terrorchilik guruhlari faoliyati yuritadi.





