Kuba Respublikasi davlat kengashi O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatda rasman motam e`lon qildi. Bu haqda Kubaning ACN davlat agentligiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.
Motam 5 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 24:00 ga qadar davom etadi. Motam paytida barcha davlat binolari va harbiy muassasalarda Kuba davlat bayrog`i tushirib qo`yiladi.





