O`zbekiston prezidenti Islom Karimovni so`nggi manzilga kuzatish maqsadida dunyoning 17 mamlakati rasmiy delegasiyalari hamda qator xalqaro tashkilot vakillari Samarqandga etib kelishdi.
Xususan, Afg`oniston, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlari, Rossiya, Belorussiya, Gruziya, Qozog`iston va Qirg`iziston bosh vazirlari, Xitoy, Janubiy Koreya va Ukraina bosh vazir o`rinbosarlari tashrif buyurishgan. Xorijiy davlat delegasiyalarining Samarqandga kelishi davom etmoqda, deya xabar beradi Vesti.ru.
Shaharning o`zida Islom Karimov bilan vidolashuv marosimini o`tkazish uchun so`nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Prezident Islom Karimov musulmon urf-odatlariga ko`ra ona shahri Samarqandda qabrga qo`yiladi. Xabarlarga ko`ra, marosim mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.





