Janubiy Amerika qit`asi — KONMEBOLdan JCh–2018 turniriga saralash bahslarining navbatdagi turiga start berildi.
Jumladan, Argentina terma jamoasi o`z maydonida Urugvay futbolchilarini qabul qildi. Murosasiz va keskin kurashlarga boy kechgan o`yinda argentinaliklar Lionel Messining 43-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga zafar quchdi.
Birinchi bo`lim yakunida Argentina bir kishi kam bo`lib qolgandi, ammo Urugvay bundan unumli foydalana olmadi.
Argentina – Urugvay 1:0
Gol: 1:0 – 43 Messi.
Argentina – Romero, Otamendi, Mas, Sabaleta, Funes Mori, Bigliya, Maskerano, Di Mariya (Gaytan, 85), Dibala, Pratto (Alario, 71), Messi.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Koruxo, Silva, Godin, Arevalo, Sanches (Ramires, 70), Lodeyro (Rodriges, 60), Fusile (Rolan, 86), Kavani, Suares.
Ogohlantirishlar: Fusile (9), Dibala (29), Kavani (38), Ximenes (42), Di Mariya (48), Lodeyro (58), Ramires (90).
Chetlatish: Dibala (45).





