Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ boshqaruv raisi Sh.R. yakka tartibdagi tadbirkor S.K.ga tegishli go`sht mahsulotlari sotishga mo`ljallangan savdo shoxobchasini bozor hududidagi engil tipdagi ko`chma savdo shoxobchalari dislokasiyasiga kiritib, hujjatlarini rasmiylashtirib berganligi evaziga o`z xizmat xonasida 300 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






