30 avgust kuni erta tongda O`zbekiston milliy termasi Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tadigan XV Paralimpiya o`yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaga jo`nab ketdi. «Toshkent» xalqaro aeroportida paralimpiyachilarni kuzatishga bag`ishlangan marosim bo`lib o`tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
O`zbekistonning 32 paralimpiyachisi sportning besh turi — dzyudo, engil atletika, suzish, o`q otish va pauerlifting bo`yicha medallar uchun kurash olib boradi. Delegasiya a`zolarining eng katta qismi — 12 nafari engil atletika (nayza otish, yadro uloqtirish va yugurish) bo`yicha ishtirok etadi.
Terma jamoa tarkibidan taniqli atletlar bilan bir qatorda juda yosh, sportda ilk bor katta musobaqalarda ishtirok etayotganlar bor.
«Barcha jamoaning kayfiyati ajoyib darajada, — dedi yadro uloqtirish bo`yicha 2014 yilgi Osiyo o`yinlari chempioni Mavlon Haydarov. — Barchamiz eng yaxshi natijalarni namoyon etish va imkon qadar ko`proq medallarni qo`lga kiritishga tayyormiz. Olimpiyachilarimizning Braziliyadagi g`alabalari ishtiyoqimizni ko`tarishga yordam berdi».
Poytaxt aeroportida paralimpiyachilarni kuzatish uchun ko`plab rasmiy shaxslar: bosh vazir o`rinbosari Majit Karimov, Milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyan, Milliy olimpiya qo`mitasi rahbariyati, sportchilarning qarindosh va yaqinlari tashrif buyurdi.





