O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari tomonidan 29 avgust kuni Toshkentdagi Qirg`iziston elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Dushanba kuni Qirg`izistonda 27 avgust kuni Moskva shahridagi yong`in va Bishkek-O`sh avtomobil yo`lida yo`l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo`lgan Qirg`iziston fuqarolari xotirasiga motam kuni deb e`lon qilindi.





