Xonandalar Oybek va Nigora bugun farzandli bo`ldi. Bu haqda xonandalarning hamkasblari o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berib ularni qutlashmoqda.
Nigora 27 avgust kuni Toshkent shahridagi tug`ruqxonalardan birida o`g`il farzandni dunyoga keltirdi.

Fursatdan foydalanib, ularni yangi mehmon bilan “Darakchi” ijodiy jamoasi nomidan qutlaymiz.
Ma`lumot uchun, Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabr kuni turmush qurgan edi.





