Argentina futboli afsonasi, mamlakat termasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Diego Maradona plastik jarrohlik amaliyotini o`tkazdi, deb xabar bermoqda iSport.ua portali.
OAV vakillari 55 yoshli sobiq futbolchini yuzni torttirish bo`yicha plastik operasiya o`tkazadigan klinikadan chiqib kelayotganida “tutib” oldi va uning suratlarini oldi. Maradonaning yuzi maxsus niqob bilan o`rab olingandi.

Qayd etish keraki, argentinalik bir yarim yil oldin ham plastik jarrohga murojaat qilgan. 55 yoshli Maradona tashqi ko`rinishiga befarq emasligini ko`rsatmoqda.





