24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni imzolandi.
Unga ko`ra, xonanda Ulug`bek Rahmatullaev “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek mazkur mukofot bilan quyidagi san`atkorlar ham taqdirlandi:
Aliev Rixsiboy Usmonovich - “O`zbekfilm” kinostudiyasi aktyori
Bekmuratov Azat Jaksimbaevich - O`zbekiston davlat yoshlar teatri aktyori
Boltaboeva Ma`sumaxon Nosirovna - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Borchaninov Kirill Valerevich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
G`afurova Sayyora Akmalovna - O`zbekiston Milliy simfonik, kamer va xalq cholg`ulari orkestrlari jamoalari birlashmasining milliy simfonik orkestri artisti
Madmusaeva Milena Orifjonovna - “O`zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi
Mustafoeva Ra`no Qarshievna - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri vokal artisti
Nishonov Bahodir Isanovich - O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori
Pirmatova Nodira Yigitalievna - O`zbekiston davlat konservatoriyasi an`anaviy ijrochilik kafedrasi katta o`qituvchisi, xonanda
Hakimova Mehri Abduqodirovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori
Shorahmetova Nigina Amanboevna - “Sabo” raqs ansambli raqqosasi





