Gollivud aktyorlari Kris Xemsvort va Tom Xiddlstonlar Avstraliyadagi shifoxonalaridan biriga Tor va Loki obrazida keldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ayni paytda aktyorlar “Tor” filmining davomini suratga olish jarayonlarida ishtirok etmoqda. Tanaffuslardan birida aktyorlar shifoxonaga tashrif buyurgan.

Xemsvort va Xiddlston bemor bolalar va shifokorlar bilan suhbatlashdi va xohlovchilar bilan suratga tushdi.






