“Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasi ko`pchilikka manzkur bo`lmoqda. Loyihaning navbatdagi qahramoni Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlarda o`tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovlar g`olibi,opera xonandasi Milena Madmusaeva.
“Hayotda ham, ijodda ham klasik uslubda kiyinishni ma`qul ko`raman. Keng liboslar jonu dilim. San`atkorlardan Shahzodaning kiyinish stili menga juda yoqadi. Lola Yo`ldoshevaning ham stili o`ziga yarashib turadi. Faqat u biroz ochiqroq kiyinadi...”,—deydi Milena kiyinish uslubi haqida gapirar ekan.
“Qisqa va lo`nda” loyihasining to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 25 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.





