AsosiyDunyo

Yaponiyaning 8 ta sun`iy yo`ldoshi yo`q qilindi

'Yaponiyaning 8 ta sun`iy yo`ldoshi yo`q qilindi'ning rasmi

Yaponiyaning “Epsilon” raketasi oxirgi bosqichni ajratishdagi nosozlik tufayli mo`ljallangan orbitaga chiqa olmadi va bortdagi sakkizta sun`iy yo`ldosh bilan birga masofadan yo`q qilindi. Bu haqda Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi xabar berdi, deya ma`lum qilmoqda Zamon.uz' sayti.

Ta`kidlanishicha, nosozlik raketa ishga tushirilgandan 7 daqiqa o`tib qayd etilgan. 

"Ayni paytda muhandislar uning yuzaga kelish sabablarini izlamoqda", — deyiladi xabarda.

Agentlik rejasiga ko`ra, raketa orbitaga 7 ta innovasion texnologiyani sinovdan o`tkazish uchun ishlatilishi kerak bo`lgan 110 kg og`irlikdagi RAISE-3 sun`iy yo`ldoshini va  besh kubat (o`ta kichik sun`iy yo`ldosh)ni olib chiqishi kerak edi.

    Boshqa yangiliklar