AsosiySport

Argentina va "Roma" muxlislari uchun xushxabar e`lon qilindi

'Argentina va "Roma" muxlislari uchun xushxabar e`lon qilindi'ning rasmi

"Roma” hujumchisi Paulo Dibala chorshanba kuni tibbiy tekshiruvdan o`tdi. Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchining mushaklari shikastlanganini tasdiqladi. 

Anjelo Manjantening yozishicha, Dibala 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi, biroq unda Argentina terma jamoasi bilan JChda qatnashish imkoniyati bor.

"Il Corriere Dello Sport"ning qo`shimcha qilishicha, Paulo Dibala kelasi hafta yana tekshiruvdan o`tadi.

Ma`lumot o`rnida, 20 noyabr kuni Qatarda bo`lib o`tadigan JCh-2022 musobaqasi start oladi. 

Eslatib o`tamiz, Paulo Dibala A Seriya doirasida "Lechche"ga qarshi o`yinda jarohat olgan.

    Boshqa yangiliklar