Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchquduq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Akbaget” ovulida “O`ztelekom” operatori uchun bazaviy stansiya qurilishi bo`yicha viloyat “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring” kompaniyasi va “K.P.” xususiy korxonasi o`rtasida tuzilgan shartnoma bo`yicha bajarilgan va qabul qilib olingan ishlar nazorat o`lchovidan o`tkazilganda, ushbu korxonalar mas`ul shaxslari amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo`shib yozish orqali jami 307,5 mln so`mni o`zlashtirish yoki rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
08.10.2022 11:32
Uchquduqda stansiya qurishdagi talon-torojliklar aniqlandi






