AQShda giyovandlik kontrabandasida gumon qilingan yigit, polisiya tanib qolmasligi uchun grim yordamida chol qiyofasiga kirgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Jinoyatda gumonlangan Shon Millerning uyiga kelgan polisiyachilar uyda cholning yolg`iz o`zi o`tirganligiga guvoh bo`lishdi. Qariya suratdagi jinoyatchiga o`xshamasdi. Keyinchalik tergov-surishtiruv ishlari natijasida polisiyachilar “chol” aynan ular qidirayotgan 31 yoshli Shon Miller ekanligini aniqlashdi. Uning yuzidan niqob echilib, qamoqqa olindi.
AQShning alkogol, tamaki, o`q otish va portlovchi moddalar byurosi o`zining Twitter sahifasiga Shon Millerning grimsiz va grimdagi suratini joylashtirdi.
Tintuv natijasida Shon Millerning uyidan ikki dona o`qlangan to`pponcha, 30 ming dollar naqd pul topilgan. U giyohvandlik moddasi saqlash va sotishda ayblanmoqda. Millerni himoya qilayotgan advokatning ma`lum qilishicha, Shon o`z aybini tan olmagan.





