Turkiya prezident Rajab Toyip Erdo`g`an 20 avgust kuni to`yda o`zini portlatib yuborgan xudkush 12-14 yoshli bola ekanligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Portlash shanba kuni kechqurun to`y bo`layotgan xonadonda yuz bergan. To`yga kelgan mehmonlar ko`chaga chiqqan vaqtda hudkush o`zini portlatib yuborgan.
Turkiya prezidentining ma`lum qilishicha, hozircha xudkush o`zini portlatganmi yoki boshqa bir odam portlovchi qurilmani ishga solgani noma`lumligini bildirgan.
Portlash oqibatidan 51 kishi halok bo`lgan, 69 kishi yaralangan (ularning ichida 17 kishi og`ir ahvolda kasalxonada yotibdi).
Polisiyachilar voqea joyidan xudkush kamarining parchasini topishgan.
Hozircha birorta terrorchilik guruhi teraktni o`z bo`yniga olgani yo`q. Ammo Erdo`g`an bu teraktning ortida “Islom davlati” terrorchilik guruhi turganligiga ishonch bildirdi.





