Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 52 kg vazn toifasida jang olib borgan hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov final jangida rossiyalik Misha Aloyanga qarshi bahs olib bordi.
Shiddatli kechgan bahsda bokschimiz 3:0 hisobida g`alaba qozondi va Olimpiadaning oltin medaliga sazovor bo`ldi.
Bu O`zbekiston uchun hisob bo`yicha uchinchi oltin medal bo`ldi. Bundan tashqari O`zbekiston hisobida 2 ta kumush va 6 ta bronza ham bor.





