Rio–2016 Olimpiada o`yinlari taekvondo bahslarining +80 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Dmitriy Shokin chorak finalda kubalik Rafael Kastiloga qarshi bahs olib bordi.
Anchagina qiyin kechgan bellashuvning asosiy va qo`mishcha vaqtlarida 0:0 hisobi qayd etildi. Faollik ko`rsatgani uchun Dmitriy Shokin yarim finalga yo`l oldi.
Eslatib o`tamiz, nimchorak finalda vakilimiz xitoylik Sen Siani 15:8 hisobida taslim qilgandi.





