Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining taekvondo dasturidan o`rin olgan, vazni 80 kilogrammdan yuqori bo`lgan sportchilar o`rtasida bellashuvlar boshlandi.
Mazkur bellashuvlarda O`zbekiston vakili Dmitriy Shokin dastlabki jangini xitoylik Sen Siaoga qarshi o`tkazib, 15:8 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo`l oldi.
Chorak finalda hamyurtimiz kubalik Rafael Kastiloga qarshi kurash olib boradi.





