Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 64 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan O`zbekiston vakili final bosqichi uchun o`tkazilgan jangda Rossiya vakili Vitaliy Dunaysevga qarshi ringga ko`tarildi.
Anchagina murosasiz kechgan bahsda vakilimiz 2:1 hisobida irodali g`alabani qo`lga kiritib, finalga yo`l oldi.
Finalda tajribali Fazliddin G`oibnazarov oltin medal uchun kurashadi va bu borada unga omad tilab qolamiz.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Bektemir Meliqo`ziev (-75 kg) hamda Shahobiddin Zoirov (-52 kg) final yo`llanmasiga ega bo`lgandi.





