Bugun, 19 avgust kuni Butun jahon insonparvarlik yordami kuni nishonlandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Bu sana 8 yil muqaddam BMT Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan edi. 2003 yilning 19 avgust kuni BMTning Bag`doddagi shtab-kvartirasiga hujum uyushtirilgan edi. Terrorchi xudkush o`zi bilan birga 22 kishini portlatib yuborgandi. Ularning orasida BMT Bosh Kotibining Iroqdagi maxsus vakili Serjiu Vieyra di Mellu ham bor edi.
BMT Bosh Assambleyasi rezolyusiyasida jamoatchilikni insonparvarlik yordami ko`rsatishga da`vat qilish, bu borada xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish lozimligi va muhimligi haqida aytib o`tilgan.





