AsosiyJamiyat

Toshkentdan Farg`ona vodiysiga ilk yo`lovchi poezdi qachon ishga tushirilishi ma`lum bo`ldi

Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishidagi birinchi yo`lovchi poezdi 27 avgustdan boshlab qatnay boshlaydi. Poezd poytaxtdan soat 08:30 da yo`lga chiqadi. Bu haqdagi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ raisi Ochilboy Ramatovning buyrug`i ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kompaniya mazkur ma`lumot haqida rasmiy xabar berganicha yo`q. 

Poezd marshruti yangi Angren-Pop temiryo`l liniyasi orqali Toshkent-Angren-Orzu-Pop-Qo`qon-Marg`ilon-Andijon shaharlaridan o`tadi. 

Poezd 12 ta yo`lovchi vagonidan iborat bo`ladi. 20 avgustga qadar yangi poezd qatnov grafigi yo`lovchilarga ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar