AsosiyJamiyat

Samarqand xalqaro aeroporti xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo`nalishlari uchun ochildi

'Samarqand xalqaro aeroporti xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo`nalishlari uchun ochildi'ning rasmi

2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me`yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo`nalishlar bo`yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.

Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to`g`risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat`iy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.

Vazirlik Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi to`g`risida chet el aviasiya ma`muriyatlari xabardor etilganini ma`lui qilgan.

    Boshqa yangiliklar