AsosiyJamiyat

Yangi O`zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMT minbarida taqdim etildi

'Yangi O`zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMT minbarida taqdim etildi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida so`nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli jadal demokratik islohotlarga to`xtalib o`tdi.

2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilish jarayoni haqida ma`lumotar havola etildi. Mazkur dasturiy hujjat mamlakatimizda o`tgan besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo`lib, u demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari, Strategiya Barqaror rivojlanish maqsadlarini jadal va har tomonlama amalga oshirish bo`yicha sa`y-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan.

Xususan, 2030-yilga kelib, O`zbekiston kambag`allik darajasini ikki baravar kamaytirish, barcha muhtojlarni qamrab olgan holda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi daromadi o`rtacha ko`rsatkichdan yuqori bo`lgan mamlakatlar qatoriga kirishni rejalashtirmoqda.

Bosh assambleya 77-sessiyasi ishtirokchilarining e`tibori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitusiyaviy islohotlarga qaratildi. Mazkur jarayonlarning asosiy ma`no va mazmuni "Inson sha`ni va qadr-qimmati uchun" tamoyilida aks etgani ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar