Afg`oniston poytaxti Kobul shahridagi Vazir Akbon Xon masjidi yaqinida terakt uyushtirildi, deb xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, juma namozi tugagandan so`ng odamlar masjiddan chiqib ketayotganida portlash sodir bo`lgan.
"Qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillaridir", — deydi Kobul polisiyasi vakili Xolid Zadran.
Hujum oqibatida kamida to`rt kishi halok bo`lgan, yana 10 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Eslatib o`tamiz, Afg`onistonda juma namozi paytida masjid portlagan edi.






