NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda Pekinni Rossiyaga Ukraina masalasida ta`sir o`tkazishini so`radi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz" syti.
Bosh kotib bu haqda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qilgan. U Van I bilan Nyu-Yorkda, BMT Bosh assambleyasi doirasida uchrashgan.
“Men Xitoyni Ukrainadagi mojaroning tugallanishi uchun Rossiyaga ta`sir o`tkazishga chaqirdim”, – degan Stoltenberg.
Tomonlar, shuningdek, Tayvan masalasini ham muhokama qilgan. Alyans etakchisi NATOning global xavfsizlik bo`yicha muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq Stoltenberg Ukraina mojarosining qachon tugashi noma`lumligini aytgandi.






