Rio–2016 Olimpiadasining -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Shahobiddin Zoirov chorak finalda ozarbayjonlik Elvin Mamishzodaga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan jangda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g`alaba qozonib, yarim finalga chiqdi va kamida bronza medalini naqd qildi.
Yarim finalda Shahobiddin Zoirov Venesuela vakili Yoel Rivasga qarshi ringga ko`tariladi.





