Turkiya adliya vaziri Bakir Bozdag`ning ma`lum qilishicha, hukumat qamoqxonalarda saqlanayotgan 38 ming nafar mahbusni jazoni o`tash muddatidan oldin ozodlikka chiqarishga qaror qilgan, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Vazir mahbuslarni ozod etish shartli ravishda muddatidan oldin ado etilishi va bu amnistisiya emasligini ta`kidlagan. Ozod etilgan mahbuslar polisiya nazoratida bo`ladi.
Mayda huquqbuzarliklarni sodir etgan jinoyatchilar muddatidan oldin ozod etilishi ko`zda tutilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyadagi harbiy inqilob davrida o`ta ko`p fuqaro hibsga olingani sababli qamoqxonalar to`lib ketgan. Aynan shuning uchun ham hukumat tomonidan 38 ming nafar mahbusni muddatdan oldin ozodlikka chiqarish tashabbusi ilgari surilgan.





