AsosiyJamiyat

Talabalar uchun yotoqxona qilingan "Tashkent Indeks"dan avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Talabalar uchun yotoqxona qilingan  "Tashkent Indeks"dan avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan bugundan boshlab  "Tashkent Indeks" yotoqxonasiga 600 dan ortiq talaba-qiz joylashtirish boshlangan edi. 

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 19 sentyabr kunidan boshlab, AJ tomonidan yotoqxonaga eltuvchi uchta yangi yo`nalish ylga qo`yildi:

  • "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasi – 3-metro bekati”
  • "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasi – 4-metro bekati”
  • "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasi – 5-metro bekati” vaqtinchalik avtobus yo`nalishlari harakati tashkil etildi.  

Ushbu avtobus yo`nalishlari talabalarni to`g`ridan-to`g`ri "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasidan o`quv manzillariga etib olishlari hamda turar joylariga qaytib kelishlari uchun maxsus tashkil etilgan bo`lib, mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "4-Avtobus saroyi"  va "12-Avtobus saroyi" filiallariga biriktirildi. Yo`nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida 6ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar