Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev chorak final bahsida argentinalik Alberto Melianga qarshi jang olib bordi.
Jangning birinchi raundidayoq Ahmadaliev raqibini nokautga uchratib, yarim final bosqichiga yo`l oldi va kamida bronza medalini naqd qildi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Shahram G`iyosov kamida kumush, Bektemir Meliqo`ziev va Fazliddin G`oibnazarov esa kamida bronzani naqd qilib bo`lgandi.





