Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Turkiya munosabatlarining yaxshilanishida o`z hissasini qo`shgan Qozog`iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboevga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
“Ikki mamlakatni murosaga keltirish yo`lida bergan maslahatlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Sa`y-harakatlaringiz bekor ketmadi, bu ish muvaffaqiyatli yakun topdi”, deb Vladimir Putin Sochi shahrida Nursulton Nazarboev bilan o`tkazgan uchrashuvida minnatdorchilik bildirdi.





