AsosiyDunyo

AQShda to`rt yoshli qizchani puma olib qochdi

AQShning Aydaxo shtatida Kelsi ismli qizaloq puma (Amerika yovvoyi mushugi) changalidan qutqarildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea 12 avgust kuni kechasi Reksberg shahriga olib boruvchi yo`l yoqasidagi o`rmonda ro`y bergan. 

Qizcha onasi va qarindoshlari bilan chodir tikilgan lagerda bo`lgan. Oyoq kiyimini izlab chodirdan chiqqan qizchani puma tutib olib, o`rmonga sudragan. Kelsining qichqirig`ini eshitib, yugurib chiqqan kattalar pumani quvishga tushgan. Shundan keyin yirtqich qizchani tashlab, qochib ketgan. Mudhish voqeaning guvohi bo`lgan Kelsining buvisi pumaning og`irligi 40 kilogrammcha kelishini, nevarasi esa bor-yo`g`i 16 kilogramm vaznga egaligini bildirgan. 

Nashrning ma`lum qilishicha, hozirda tanasining ba`zi joylari tirnalganiga qaramay, qizcha o`zini yaxshi his qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar