AsosiySUG'DIYONA

Xitoy qishloqlaridan birida yashovchi ayol jang san`atidagi mahoratini ko`rsatdi (video)

Xitoyning Fuszyan viloyatidagi qishloqlardan birida yashovchi ayol nunchakni mahorat bilan o`ynatishini videorolikda namoyish qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Facebook  sahifasiga joylashtirilgan bu videorolikni foydalanuvchilar 61 ming marotaba tomosha qilgan. 

Videorolikda Miss Ley (ayolning to`liq ismi oshkor etilmagan) ning qishloq ayollarini nunchak yordamida mashq qildirayotgani aks etgan. U bir necha usullarni namoyish qilgan. Masalan, yordamchi ayolning boshiga qo`yilgan olmani ko`zini bog`lagan holda nunchak yordamida urib tushirgan.

Nunchak — sovuq qurol turi bo`lib, silindr shaklidagi, zanjir bilan bir-biriga ulangan ikkita kichkina govrondan iboratdir.

Boshqa yangiliklar