Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov nimchorak finalda AQSh vakili Antonio Vargasga qarshi jang olib bordi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bahsda O`zbekiston vakili hakamlarni yakdil qarori bilan 3:0 hisobida ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi va chorak finalga yo`l oldi.
Shahobiddin Zoirov yarim final yo`llanmasi uchun jangni 17 avust kuni o`tkazadi.





