Rio–2016 Olimpiada o`yinlari yunon-rum kurashi bahslarining -130 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan O`zbekiston vakili Mo`min Abdullaev ilk jangini rossiyalik Sergey Semyonovga qarshi o`tkazdi.
Afsuski, ushbu jangda hamyurtimizga biroz omad kulib boqmadi. 26 yoshli sportchimiz o`zidan 5 yosh kichik rossiyalikka 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq 85 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan Rustam Assakalov chorak finalga yo`l olgani haqida xabar qilingandi.





