Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining yunon-rum kurashi bahslari boshlandi. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Assakalov 85 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Dastlabki jangni AQSh vakili Ben Provizorga qarshi o`tkazgangan hamyurtimiz 3:1 hisobida g`alaba qozondi va chorak final bosqichiga yo`l oldi.
Chorak finalda Rustam Assakalov vengriyalik Viktor Lorinshga qarshi bahs yuritadi.





