Xonanda Lola 7 avgust kuni Moskva shahridagi “Kosmos” konsert zalida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Lola “Darakchi” gazetasi uchun konsert haqidagi qiziqarli faktlar va sahna orti sirlarini so`zlab berdi.

“Konsertda ro`y bergan kichik voqea haqida so`zlab bermasam bo`lmaydi. Konsert boshlanishidan avval ijtimoiy tarmoq orqali bir murojaat oldim. Unda ‘Lola, bugun konsertingizga men va sevgan qizim boramiz. Biroq biz arazlashib qolganimiz, men bilan gaplashmayapti. U sizning muxlisingiz. Iloji bo`lsa, sahnada undan meni kechirishini so`rang, iltimos’, deyilgan. Tabiiyki, men bu murojaatni o`z egasiga etkazdim. Qarangki, ular konsert davomida yarashib olishdi va bunga sababchi bo`lganimdan juda xursandman”,—deydi Lola.

Lolaning Moskvadagi konserti haqidagi batafsil ma`lumotlar bilan “Darakchi” gazetasining 18 avgust kuni sotuvga chiqadigan 33-sonida tanishishingiz mumkin.





