Internet foydalanuvchilari bundan bir muddat oldin Kembrij gersoginyasi Keyt Midltonning qiyofadoshi borligini aniqlashdi, deb yozadi “Lady.mail.ru”.
24 yoshli fransiyalik velosipedchi Polin Ferran-Prevo Keyt Midltonga ikki tomchi suvdek o`xshaydi. Sportchi yuz tuzilishi, kulgichlari, burun va lab shakli bilan gersoginyaga juda o`xshaydi. Ayniqsa, qiz sochlarini yig`ganida ularni ajratish mushkul.





