AQShning Nyu-York shahridagi Kennedi nomli aeroportda otishma bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Birinchi va sakkizinchi terminalda o`t ochilgan. Ammo Nyu-York polisiyasi hozircha bu xabarni rad etdi.
Aeroport binosidan barcha yo`lovchilar va aeroport xodimlari evakuasiya qilingan. Barcha reyslar bekor qilingan. Samolyotlar boshqa shaharlarga yo`naltirilgan. Aeroportning barcha kirish eshiklari yopilgan. Voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari va polisiyachilar ish olib bormoqda. Guvohlarning xabar berishicha, aeroport binosidan qo`liga kishan solingan odam olib chiqilgan. Qurbonlar haqida xabarlar yo`q.





