Germaniya Superkubogi uchun kechgan bahsda Dortmundning “Borussiya” jamoasi mamlakat chempioni “Bavariya” bilan o`zaro bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan o`yinda Arturo Vidal va Tomas Myullerning gollari myunxenliklarga yangi bosh murabbiy Karlo Anchelotti qo`li ostida ilk sovrinni olib keldi.
“Borussiya” D – “Bavariya” 0:2
Gollar: Vidal, 58, Myuller, 79
“Borussiya” D: Byurki, Shmelser, Papastatopulos, Bartra, Passlak, Kastro, Kagava, Rode, Obameyang (Mor, 78), Ramos (Vaygl, 69), Dembele (Shyurrle, 68).
“Bavariya”: Noyer, Martines, Xummels, Alaba, Xabi Alonso, Lam, Vidal (Kimmix, 71), Alkantara, Riberi (Koman, 65), Levandovski, Myuller (Rafinya, 86).
Ogohlantirishlar: Passlak, Dembele, Rode – Martines, Xabi Alonso, Riberi





