Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining tayanib sakrash bahslarida O`zbekiston sharafini tajribali gimnastikachi Oksana Chusovitina himoya qildi.
Final bosqichida 8 ishtirokchi orasida 14,833 ball to`plagan Oksana 7-o`rinni egalladi va o`zining ettinchi Olimpiadasida munosib ishtirok etdi. 41 yoshli sportchi uchun bu yomon natija emas.
Birinchi o`rin AQSh vakilasi Simona Baylsga nasib etgan bo`lsa, keyingi o`rinni rossiyalik Mariya Paseka band etdi. Kuchli uchlikdan shveysariyalik Juliya Stayingruber joy oldi.





