Rio-2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining +91 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Bahodir Jalolov ilk jangidayoq ajoyib g`alabani qo`lga kiritdi.
Venesuelalik bokschi Roman Munesga qarshi jangda Bahodir raqibini nokautga uchratib, sof g`alaba bilan keyingi bosqichga yo`l oldi.





