Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -91 kilogammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik Rustam To`laganov yarim final bellashuvida rossiyalik Evgeniy Tishchenkoga qarshi bahs olib bordi.
Afsuski, ushbu jangda rossiyalik sportchining qo`li baland keldi. Shunga qaramay, Rustam To`laganov O`zbekistonga bronza medali bilan qaytadigan bo`ldi.
Rio–2016 Olimpiada o`yinlarida ishtirok etayotgan qolgan sportchilarga omad tilab qolamiz





