O`zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichidagi ilk raqibi – Suriya terma jamoasi Rossiyada yig`in o`tkazadi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
15 avgust kuni start oladigan mazkur yig`in doirasida Suriya terma jamoasi Tojikiston futbolchilari bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazadi. Mazkur o`yin 27 avgust kuni, Xo`jand shahridagi “Mustaqillikning 20 yilligi” stadionida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, Samvel Babayan murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 uchinchi saralash bosqichiga tayyorgarlikni 20 avgust kuni boshlaydi.
Yig`in doirasida milliy terma jamoa 24 avgust kuni Burkina-Faso termasiga qarshi Toshkentda o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Mazkur o`yin “Paxtakor” stadionida, soat 20:00 da boshladi.





