Mashhur hind aktyori Shohruhxon 12 avgust kuni tunda AQShning Los-Anjeles shtati aeroportida qo`lga olingan, deb xabar beradi “TASS”.
Shohruhxon pokemon tutgani uchun migrasiya xizmati tomonidan so`roq qilingan. Mazkur hodisa haqida aktyor o`zining Twitter`dagi rasmiy sahifasida ma`lum qilgan.
“Men butun dunyoda qabul qilingan xavfsizlik choralarini tushunaman va hurmat qilaman, biroq har safar AQSh migrasiya xizmati tomonidan qo`lga olinaverish, haqiqatdan ham charchatadi”,—deb yozadi aktyor o`zining mikroblogida.
Shohruhxonning aytishicha, u bo`sh vaqtini pokemon tutish bilan o`tkazishga qaror qilgan. Ammo hind kinosidan umuman bexabar aeroport xodimlariga uning xatti-harakatlari shubhalidek tuyuldi. Aeroport xodimlari soqchilarga murojaat qilganidan so`ng Shohruhxon qo`lga olingan va so`roq qilingan.
Bu Bollivud yulduzining AQSh aeroportida birinchi marta qo`lga olinishi emas. 2012 yilda u talabalar bilan uchrashish uchun bir necha hamkasblari bilan AQShga uchib kelganida ham huquq-tartibot organlari tomonidan so`roq qilingan edi.
O`shanda aktyor ikki soatcha vaqtini hibsda o`tkazgan edi.





