AQShning Texas shtatida yashovchi qiz o`zining 97 yoshli buvisini makiyaj yordamida yoshartirib, o`zgacha qiyofali ayolga aylantirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
18 yoshi universitet talabasi va vizajist Teylor Trimbl (Taylor Trimble) Tvitter ijtimoiy tarmog`iga go`zal buvisining suratlarini joylashtirdi. Bu suratlarga minglab foydalanuvchilar layk bosgan. Ular kampirning yosharib, boshqacha qiyofaga kirganini tan olishgan.
Ilgari xorvatiyalik 80 yoshli Liviya Mulachni nevarasi, vizajist Tea Flego makiyaj yordamida o`zgartirgani haqida xabar berilgandi. U buvsining suratlarini Instagram sahifalariga joylashtirgan edi.
My Great Glam-Ma! 97 years old and still poppin





