Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish vaqtincha to`xtatiladi.
Davlat xizmatlari agentligi bu haqda xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, "Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi" joriy qilinganligi munosabati bilan, 1-5 sentyabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababdan YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog`liq davlat xizmatlarini ko`rsatish vaqtinchalik to`xtatiladi.
"Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo`shimcha xabar beriladi",-deyiladi xabarda.






